21 Dekabr 2020 yil 1233

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari oldida fuqarolarning to'plashini yuzasidan

2020 yil 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining, shu jumladan Xorazm viloyatining ayrim shahar va tumanlaridagi IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari oldida odatdagidan ko'p sondagi fuqarolarning yig'ilganligi va ular navbatga turish tartibiga rioya qilmayotganliklari aks etgan foto va video xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz: 2021 yilning 1 yanvar kunidan boshlab O'zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatga qat'iy tartibda xorijga chiqish pasporti bilan chiqishlari mumkinligi to'g'risida qabul qilingan qaror o'z navbatida xorijga chiqish pasportini olish istagida bo'lgan fuqarolar soni keskin ortishiga sabab bo'ldi.
Shu bois 2020 yil 21 dekabr dushanba kuni viloyatdagi barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari oldida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish maqsadida bo'lgan ko'plab fuqarolar to'plangan. Fuqarolar o'zaro navbatga turish va karantin tartib-qoidalariga zid ravishda bir joyga to'planganliklari bois, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan tezda elektron navbatlar shakllantirildi va fuqarolarga belgilangan vaqtda etib kelishlari tushuntirilib, tarqatib yuborildi. Shu o'rinda fuqarolarimizdan koronvirus infektsiya bilan bog'liq xavf to'liq bartaraf etilmaganligini inobatga olib, bir joyda to'planmasliklarini va navbatda turishda esa o'zaro xurmat tamoyiliga rioya qilishlarini so'rab qolamiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech