21 Fevral 2023 yil 562

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Ikki nafar shaxs o‘zaro janjallashdi” nomli sarlavha ostida tarqatilgan videolavha yuzasidan  

Joriy yilning 20 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi ikki nafar erkakning o‘zaro janjallashgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur videolavha Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida, quyidagilarga aniqlik kiritildi.

Videolavhada aks etgan holat, Urganch tumani hududida sodir etilgan bo‘lib, unda 1986 yilda tug‘ilgan K.X. va 1998 yilda tug‘ilgan M.Yo lar o‘rtalarida kelib chiqqan nizo natijasida o‘zaro urishganlar. Ushbu xolatni 1984 yilda tug‘ilgan Q.D. o‘zining uyali telefoni orqali videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. O‘zaro urishgan fuqarolardan hech biri ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Xozirgi kunda mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech