28 Mart 2023 yil
727
Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Urganch tumanida tungi paytda bir guruh shaxslarning o‘zaro janjallashganlik xolati aks etgan videolavha yuzasidan
Joriy yilning 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tungi paytda bir guruh shaxslarning o‘zaro janjallashganligi aks etgan videolavha tarqalgan bo‘lib, unda mazkur xolat Xorazm viloyati Urganch tumanida sodir bo‘lganligi qayd qilingan.
Mazkur videolavha o‘rganib chiqilganida quyidagilarga aniqlik kiritildi:
Janjalli xolat joriy yilning 19 mart kuni soat 21:30 larda Urganch tumani Shoxidonlar mahallasida joylashgan kafe oldida sodir bo‘lgan. O‘zaro kelishmovchilik sababli urishganlar shaxsiga aniqlik kiritilgan va hozirda Urganch tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati