Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Tuproqqalʼa tumanida noqonuniy ov qilgan Hokim o‘rinbosari va IIB masʼulining ishi sudga oshiriladi” nomli sarlavha ostida tarqatilgan xabar yuzasidan
2020 yil 19 oktyabr kuni turli ijtimoiy tarmoqlarda “Tuproqqalʼa tumanida noqonuniy ov qilgan Hokim o‘rinbosari va IIB masʼulining ishi sudga oshiriladi” nomli sarlavha ostida xabar tarqatilgan bo‘lib, unda Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida tuman Hokimi o‘rinbosari va IIB masʼul hodimi Turkmaniston bilan chegara oldi hududlarida bo‘lish rejimi hamda ov va baliq ovlash qoidalarini buzgan holda bir dona yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirishgani, huquqbuzarlik davomida ushbu shaxslardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori va 4 ta qarmoqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgani, ayni paytda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni sud idoralariga taqdim etish ishlari yakuniga yetib qolganligi bayon qilingan.
Mazkur holatda ichki ishlar organi xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun Xorazm viloyati IIB tomonidan xizmat oid surishtiruv olib borilmoqda.
Surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati