28 Aprel 2023 yil
2096
Rasmiy munosabat: Yangiariq tumanida ijarada yashovchi ayolning qiziga nisbatan shilqimlik sodir etilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llagan murojaati yuzasidan
Joriy yilning 28 aprel kuni Yangiariq tumanida ijarada yashovchi, 1984 tug‘ilgan fuqaro M.M. ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yo‘llab, murojaatida o‘zi ijarada yashab kelayotgan xonadon egasi tomonidan qiziga nisbatan shilqimlik sodir etilganligini, mazkur xolat yuzasidan yordam berishlarini so‘ragan.
Mazkur xolat yuzasidan murojaat muallifi M.M.ning 28 aprel kuni soat 12:35 da navbatchilik qismiga bergan xabariga asosan hodisa joyiga yetib borgan Yangiariq tumani IIB tergov-tezkor guruhi va IIB Xotin-qizlar qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati