27 Avgust 2022 yil 560

Rasmiy munosabat: Urganch shahridagi 28-son umumtaʼlim maktabi direktorining o‘rinbosari M.Nurmetovaga shu maktab direktori tomonidan tan jarohati yetkazilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan

You Tube videoxostingidagi “haqiqat: no comment” kanalida joriy yilning 21 avgust kuni kanal maʼmuri murojaat bilan chiqib, u o‘z murojaatida Urganch shahridagi 28-son umumtaʼlim maktabida direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan M.Nurmetovani shu maktab direktori qasddan urib tan jarohati yetkazilganligi bildirib, o‘zining murojaatiga fuqaro M.Nurmetovani tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilayotganligi hamda uning ish kabinetida direktor bilan ikkalasi o‘rtasidagi nizoli vaziyat aks etgan videolavhalarni ilova qilgan.

Mazkur murojaatda keltirib o‘tilgan xolat joriy yilning 16 avgust kuni kelib chiqqan bo‘lib, shu kuni Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismida tegishli tartibda qayd etilgan. Xozirda mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech