20 May 2020 yil 955

Rasmiy munosabat: YouTube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida eʼlon qilingan “Xorazmda adolatsizlik. GAI bilan janjal” nomli videolavha yuzasidan.

Rasmiy munosabat: YouTube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida eʼlon qilingan “Xorazmda adolatsizlik. GAI bilan janjal” nomli videolavha yuzasidan. 

2020 yilning 15 may kuni YouTube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida “Xorazmda adolatsizlik. GAI bilan janjal” nomli videolavha eʼlon qilingan. Mazkur videolavhada 2020 yil 9 may kuni soat 23:00larda Xorazm viloyatining Xiva va Qo‘shko‘pir tumanlari chegaradosh hududida karantin munosabati bilan vaqtinchalik tashkil etilgan blok-postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi Q.M. hamda uning avtomashinasida yo‘lovchi bo‘lgan qarindoshlari (akasi va onasi) o‘rtasida kelib chiqqan nizoli holat aks etgan.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi M.Q. va uning akasi D.Q.larning YPX inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 125-moddasi 1-qismi va 125-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir qilganlik bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganligidan  norozi bo‘lib yozgan arizasi yuzasidan hozirgi kunda Xorazm viloyati IIB YXHB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligini maʼlum qilamiz.

Xizmat tekshiruvi jarayonida blok-postda xizmat olib borgan ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek “Damas” avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchilarining xatti-harakatlariga holisona huquqiy baho beriladi hamda qo‘shimcha ravishda axborot taqdim etiladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech