12 May 2022 yil 4411

Rasmiy bayonot: Urganch shahrida avtobus va yengil avtomashina ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan

2022 yil 12 may kuni soat 14:30 larda Urganch shahrining Al-Xorazmiy, Sheroziy va G‘.G‘ulom ko‘chalari tutashgan chorraxada “Isuzu” rusumli avtobus va “LADA2194” rusumli yengil avtomashina ishtirokida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Svetofor orqali tartibga solinuvchi ushbu chorrahada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida “Isuzu” rusumli avtobus yon tomonga ag‘darilishi oqibatida undagi ikki nafar yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusning turli darajada tan jarohati olgan yo‘lovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xolat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: