6 Iyun 2020 yil 635

Rasmiy munosabat: Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Davlat Rustamovich Xudaykulov nomli foydalanuvchisi o‘zining sahifasida 2020 yil 30 may kuni eʼlon qilgan murojaati yuzasidan

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Davlat Rustamovich Xudaykulov nomli foydalanuvchisi o‘zining sahifasida 2020 yil 30 may kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat” nomli sarlavha ostida videomurojaat joylashtirgan.

Ushbu videolavhada murojaat qiluvchi fuqaro Xudayqulov Davlat Rustamovich o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan, 2018 yil 12 oktyabr kuni o‘zining boshqaruvidagi avtomashinani boshqa bir avtomashina bilan to‘qnashuvi natijasida kelib chiqqan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv va sud qarorlaridan norozi ekanligini bayon qilgan. 

Qayd etilgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan to‘plangan materiallar 2018 yil 9 noyabr kuni Urganch tumani maʼmuriy sudida ko‘rib chiqilib, D.Xudayqulov Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 133-moddasida ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan bo‘lsa, mazkur yo‘l-transport hodisaning yana bir ishtirokchisi esa Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 134 va 135-moddalarida ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga ham bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

D.Xudayqulov o‘zining murojaatida taʼkidlanidek, ushbu holat yuzasidan u huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining barcha instansiyalariga bosqichma-bosqich shikoyat qilgan va uning shikoyatlari belgilangan tartibda  ko‘rib chiqilib, javob xatlari berilgan.

Shuni alohida qayd etishki kerakki, fuqaro D.Xudayqulovning o‘tgan davr mobaynida yozgan bir necha shikoyat arizalari o‘rganilganida u bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi (mayda to‘qnashuv) yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish jarayonida biron-bir tarzda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi maʼlum bo‘lgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech