19 May 2023 yil
1434
Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zgalarni haqorat qilgan shaxsning xatti-harakatlari yuzasidan
Joriy yilning 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nafar shaxs Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi fuqarolar va YPX inspektorlarini haqorat qilgan videolavha tarqaldi.
Xorazm viloyati IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Yurtdoshlarimizning haqli eʼtiroziga sabab bo‘lgan ushbu shaxsning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati