6 May 2022 yil 467

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Seni o‘ldiraman deb uraveradi” nomli sarlavha ostida eʼlon qilingan videolavha yuzasidan

2022-yil 6-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi ayol badanidagi jarohat izlarini ko‘rsatib, turmush o‘rtog‘i muntazam ravishda urib tan jarohati yetkazib kelayotganligini ammo profilaktika inspektori tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayotganligi bayon qilingan videolavha tarqalgan.

Mazkur videolavha Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida quyidagilarga aniqlik kiritildi.

Videolavha orqali murojaat qilgan ayol 1986 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan, lekin oilaviy nizolari to‘g‘risida shu kunga qadar ichki ishlar organlari yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhaga asosan olib borilgan surishtiruv jarayonida er-xotin o‘rtasidagi janjalli holat joriy yilning 24 aprel kuni sodir bo‘lganligi, ammo ayol erining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilmaganligi maʼlum bo‘ldi. Xozirgi kunda xolat tegishli tartibda Hazorasp tumani IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, ayolga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Kelgusida ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish uchun “Himoya orderi” berildi.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi va tergovga qadar tekshiruv natijalaridan kelib chiqib, xolatga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech