8 Sentyabr 2021 yil
450
Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaroga tegishli velosipedning begona shaxs tomonidan olib ketilganligi to‘g‘risidagi videolavha yuzasidan
2021 yil 8 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarida “Bog‘ot tumani Oq tepa mahallasida yashayman, 29.08.2021 yil kuni o‘g‘limni velosipedini notanish kimsa haydab ketdi, IIB yordam bermayapti, iltimos nazoratga olsinlar, bu borishda kunduziyam yurib bo‘maydiku IIB ishlamasa” sarlavhali video murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Bog‘ot tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olindi va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati