10 Oktyabr 2022 yil 458

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Urganch shahrida bir necha shaxslarning o‘zaro nizolashayotganligi aks etgan videolavha yuzasidan

Joriy yilning 8 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida bir guruh fuqarolarning bino qurilishi masalasida o‘zaro nizolashayotganligi va ularni nizosiga IIB xodimlari tomonidan chek qo‘yilganligi aks etgan videolavha tarqaldi.

Ushbu videolavhada aks etgan xolatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 13:00 larda Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismiga Urganch shahrining “Umid” mahallasida bir guruh shaxslarning o‘zaro nizolashayotganligi to‘g‘risida kelib tushgan xabarga ko‘ra, hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi yetib borganida ushbu mahalla hududida qurilish ishlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan ayol bilan shu yerda yashovchi aholi o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli nizolashayotganliklari maʼlum bo‘lgan. Shundan keyin tergov-tezkor guruhi aʼzolari tomonlar o‘rtasidagi nizoni to‘xtatishgan.

Xozirda mazkur xolat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech