Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm Oyratda samosud, nimaga bunday vaziyatlar ko‘paymoqda” nomi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan
2020 yil 8 avgust kuni You Tube videoxostingidagi “Yangicha TV” kanalida “Xorazm oyratda samosud, nimaga bunday vaziyatlar ko‘paymoqda” nomi ostida davomiyligi 4 daqiqa 34 soniyadan iborat bo‘lgan videolavha eʼlon qilingan bo‘lib, unda tungi paytda bir shaxs tomonidan ikkinchi bir shaxsni “nima uchun bu yerda uchrashib yuribsan” degan vajni bahona qilib urganligi aks etgan.
Mazkur videolavha yuzasidan Xorazm viloyati IIB quyidagilarni maʼlum qiladi:
Videolavhada qayd etilgan holat 2018 yilning avgust oyida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida sodir bo‘lgan va videolavha dastlab 2019 yilning sentyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lganida bu yuzasidan Yangibozor tumani IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasi barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Videolavhada o‘zini Jamolman deb tanishtirgan shaxs, Yangibozor tumanida yashovchi, B.Jamol mazkur holat yuzasidan hech kimga nisbatan daʼvosi yo‘qligini, sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tmasligini bildirganligi sababli, uni urgan va uyali telefoni orqali videotasvirga olgan shaxslar rasmiy ravishda profilaktik ogohlantirish bilan cheklanilgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati