13 Noyabr 2022 yil 3097

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda kelin qaynonasini urib qiynadi” nomli sarlavha ostida tarqalgan videolavha yuzasidan

Joriy yilning 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda kelin qaynonasini urib qiynadi” nomli sarlavha ostida videolavha tarqalib, videolavhada bir ayol boshqa bir ayolni bosh qismiga qo‘li bilan urganligi, jabrlanuvchi ayol esa bu vaziyatda qarshilik ko‘rsatmaganligi aks etgan.

Mazkur videolavha yuzasidan Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki o‘rganishlar jarayonida quyidagilar maʼlum bo‘ldi.

Videolavhada aks etgan nohush xolat Urganch tumani “Shermatlar” mahallasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu xonadonda yashovchi, M.J. o‘zaro kelishmovchilik sababli qaynonasi Yo.Sh. bilan nizolashib kelgan va  qaynonasini betob bo‘lib yotganligidan foydalanib qo‘li bilan bosh qismiga urgan, ushbu xolatni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i qo‘l telefoni orqali videotasvirga olib, joriy yilning 4 noyabr kuni Urganch tumani IIB ga taqdim etgan.

O‘z navbatida Urganch tumani IIB tomonidan 4 noyabr kuni fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, M.J. ning xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan kelgusida kelini tomonidan zo‘rlik va tazyiq o‘tkazilishining oldini olish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech