7 Sentyabr 2021 yil 3224

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmning Bog‘ot tumanida 4 ta erkak 1 qizga tashlandi” nomli sarlavha ostida joylashtirilgan  videolavha yuzasidan

2021 yil 7 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmning Bog‘ot tumanida 4 ta erkak 1 qizga tashlandi” nomli sarlavha ostida tarqatilgan videolavha Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilarga aniqlik kiritildi:

Videolavhada aks etgan jarayon 2021 yil 29 avgust kuni Bog‘ot tumani IIB maʼmuriy binosida oldida qayd etilgan holat bo‘lib, bunda ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro haqoratlaganlar, lekin bir-biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatmaganlar.

Videolavhada jabrlanuvchi sifatida tanishtirilgan, Bog‘ot tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan G.S. ismli ayol shu tumanda yashovchi, A.O va A.N. va D.M. ismli erkaklarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab, Bog‘ot tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilgan, o‘z navbatida ushbu erkaklar ham arizago‘y G.S. ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Bog‘ot tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilishgan.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish lozimki, G.S. ni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan.

Xozirgi kunda mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech