10 Iyun 2023 yil
433
Rasmiy munosabat: Maishiy chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomashina va piyoda bola ishtirokidagi YTH yuzasidan
Joriy yilning 10 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida maishiy chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l transport hodisasiga oid videolavhalar tarqaldi.
Ushbu videolavha aks etgan fojeali xolat joriy yilning 7 iyun kuni Urganch shahrining Yoshlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yo‘l transport hodisasi natijasida piyoda bola halok bo‘lgan.
Xozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda yo‘l harakatining barcha (haydovchi, piyoda, yo‘lovchi) ishtirokchilaridan “Yo‘l harakati qoidalari”ga qatʼiy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati