Rasmiy munosabat: “Nizom Matchanov” nomli profil egasining ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati yuzasidan
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq nazorati” guruhida “Nizom Matchanov” nomli profil egasi tomonidan Xorazm viloyati IIB, viloyat prokuraturasi va Bog‘ot tumani prokurori nomiga murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaat muallifi o‘zi nizolashayotgan noturar bino bilan bog‘liq xolat yuzasidan olib borilgan surishtiruv jarayonidan norozi ekanligini bayon qilgan.
Muallifning murojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi: Bog‘ot tumani “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro Matchanov Nizomaddin Komilovich (murojaat muallifi)ning Bog‘ot tuman prokurori nomiga yozgan arizasi yuzasidan Bog‘ot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi surishtiruvchisi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va tekshiruv jarayonida “Xorazm viloyat Qurilish bosh boshqarmasi aholi punktlari bosh egalarini muvofiqlashtirish bo‘limi”da ishlovchi S.O.ning xatti-harakatlarida qonunbuzilish xolatlari aniqlangan, lekin uning qilmishi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kirgani va uni jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi bois, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Qabul qilingan qaror mazmun-mohiyati murojaat muallifiga tushintirilib, nusxasi topshirilgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati