27 Noyabr 2021 yil
544
Rasmiy munosabat: “Qonun doirasida” MCHJ ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Bu oila Xorazm viloyati ichki ishlaridan noroziligini aytmoqda” nomi ostida eʼlon qilgan videolavha yuzasidan
2021 yil 26 noyabr kuni “Qonun doirasida” MCHJ ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Bu oila Xorazm viloyati ichki ishlaridan noroziligini aytmoqda” nomi ostida videolavha eʼlon qilingan bo‘lib, unda Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi fuqaro Saodat Ollaberganovaning murojaati bayon qilingan.
Fuqaro Saodat Ollaberganova o‘z murojaatida keltirib o‘tgan holat bo‘yicha 2021 yil 2 oktyabr kuni Qo‘shko‘pir tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz. Jinoyat ishining tergovi davomida barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati