Rasmiy munosabat: “Qonun doirasida” MCHJning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisining protsessual xatti-harakatlaridan norozi ekanligi bildirilgan murojaati yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlardagi elektron nashr hisoblangan “Qonun doirasida” MCHJ joriy yilning 7 sentyabr kuni o‘zining sahifasida Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi E.M.Madrahimov tomonidan 332171/2021-sonli jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlarini olib borishda protsessual normalarning buzganligini bayon qilib, unga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilamiz: Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi O‘MIB tergovchisi E.M.Madrahimov tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan yuqoridagi jinoyat ishi birinchi bosqichda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, sudlanuvchi tomonidan apellyatsiya tartibida keltirilgan shikoyatga asosan joriy yilning 2 avgust kuni Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishi apellyatsiya instatsiyasida ko‘rib chiqilgach, sudlov hayʼati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan sudlanuvchi F.S.Ruzmetovga oid jinoyat ishi bo‘yicha Xorazm viloyati IIB huzuridagi TB O‘MIB tergovchisi E.Madrahimov tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining kengaytirilgan yig‘ilishida tergovchilar ishtirokida muhokama qilish yuzasidan xususiy ajrim chiqarilgan.
Yuqoridagi xususiy ajrim viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga kelib tushgan bo‘lib, ko‘rsatilgan tartibda muhokama etilishini taʼminlanadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati