31 Mart 2022 yil 3152

Rasmiy munosabat: Urganch shahrida o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish yuzasidan

2022 yil 31 mart kuni soat 19:20 da Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi video namoyish etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu videolavhaning reklama monitoridagi namoyishi zudlik bilan to‘xtatilgan va ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pornografik mazmundagi videolavha reklama monitori tegishli bo‘lgan xususiy firma ishchisi, 1978 yilda tug‘ilgan I.I. tomonidan  reklama roliklarini joylashtirish jarayonida ehtiyotsiz natijasida monitor xotirasiga yuklanganligi maʼlum bo‘ldi.

Xozirda holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech