3 Dekabr 2020 yil 1085

Rasmiy munosabat:  "Urganch shahrida YPX xodimlari qoidaga o‘zlari amal qilmaydimi?" nomli savol ostida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan

2020 yil 2 dekabr kuni turli ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi markaziy ko‘chalardan birida harakatlanib kelayotgan “Tracker” rusumli maxsus jihozlangan xizmat avtomobili yo‘l belgisiga zid ravishda harakatlanganligi aks etgan videolavha tarqalgan bo‘lib,  unga "Urganch shahrida YPX xodimlari qoidaga o‘zlari amal qilmaydimi? " degan savol ilova qilingan.

Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilar maʼlum bo‘ldi:

Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tegishli  90 201 VSF davlat raqam belgili “Tracker” rusumli maxsus jihozlangan mazkur xizmat avtomobilini xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan YPX inspektori 2 dekabr kuni Urganch shahrida boshqarib borayotib, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3-bandini (yo‘l harakati qatnashchilari  ... yo‘l belgilarining talablarini bilishlari va ularga amal қилишлари.... shart) qo‘pol ravishda buzib, 4.1.4. («Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga» )yo‘l belgisiga rioya qilmasdan chap tomonga burilib harakatlanishni davom ettirgan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra 90 201 VSF davlat raqam belgili “Tracker” rusumli maxsus jihozlangan mazkur xizmat avtomobili haydovchisi bo‘lgan YPX inspektoriga 02.12.2020 yil kuni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima jazosi tayinlanib, shu kunning o‘zida jarima summasining undirilishi ham taʼminlandi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech