28 Yanvar 2022 yil 1092

Rasmiy munosabat: Urganch tumanida ikki nafar insonning oʼlimiga sabab boʼlgan hodisa yuzasidan

2022-yil 27-yanvar kuni soat 11:00 da, “Choʼlobod” mahallasi hududida joylashgan koʼp qavatli uylarning qurilishida yollanma ishchi boʼlib ishlab kelayotgan, 1962-yilda tugʼilgan G.O. va 1960-yilda tugʼilgan Gʼ.E. lar koʼp qavatli uyning yertoʼlasida temir kesadigan uskunadan foydalanayotgan paytida kelib chiqqan qisqa tutashuv natijasida sodir boʼlgan yongʼin sababli yertoʼlada vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu oʼrinda, yurtdoshlarimizdan kundalik hayotida, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʼraymiz, zero har qanday qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin.


Xorazm viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech