Rasmiy munosabat: Xorazm viloyatida YPX inspektoriga biriktirilgan maxsus xizmat avtomashinasida yo‘l harakati qoidasi buzilganlik xolati yuzasidan
Joriy yilning 28 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati IIB YHXB YPX inspektoriga biriktirilgan xizmat avtomashinasida yo‘lning sidirg‘a chizig‘ini bosib harakatlanish bilan bog‘liq yo‘l harakati qoidasini buzish aks etgan fotosurat joylashtirilib, ushbu fotosuratga “Xorazmda Gailarga hamma narsa mumkinmi?” nomli izoh yozilgan.
Mazkur xabar Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida quyidagilarga aniqlik kiritildi:
Fotosuratda shu yilning 27 oktyabr kuni soat 09:30 larda Xonqa tumani “Madir” qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R 156 avtomobil yo‘lining 23 kilometrida viloyat IIB JXX YHXB YPX inspektori o‘ziga biriktirilgan “Lasetti” rusumli 90 529 VSF davlat raqam belgili maxsus transport vositasini yo‘l harakati qoidalarining 3-bandi talabini buzib boshqargan (uzluksiz sidirg‘a chizig‘ini bosib harakatlangani) payti aks etgan. Shu bois YPX inspektoriga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari kelgusida yo‘l harakati qoidalarini buzilishining oldini olish maqsadida mazkur xolat viloyat IIB YHXB shaxsiy tarkibi o‘rtasida muhokama qilinib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati