4 Sentyabr 2020 yil 618

Rasmiy munosabat: You Tube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida “Aybingni topmasdan qo‘yib yubormaydigan Xorazm GAIsi”  nomi ostida tarqatilgan videolavha yuzasidan

2020 yil 30 avgust kuni You Tube videoxostingidagi “Baxodir brat” kanalida “Aybingni topmasdan qo‘yib yubormaydigan Xorazm GAIsi”  nomi ostida tarqatilgan videolavhada qayd etilgan vaziyat Xorazm viloyatining Xiva shahrida bo‘lib o‘tganligi sababli, holat Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida quyidagilarga aniqlik kiritildi.

2020 yil 15 avgust kuni haydovchi, J.Abdullayev boshqaruvidagi “Damas” rusumli 90 T 771 СA davlat raqam belgili avtomashina, Xiva shahrining Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan xujjatlari tekshirib ko‘rishlik uchun to‘xtatilgan. Avtomashina to‘xtagach YPX inspektori ushbu avtomashinaning texnik tavsifnomasida nazarda tutilmagan shina va disk o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilganligini aniqlaydi. Avtomashinaga nostandart shina va dikslar o‘rnatilganligi vizual kuzatuv tartibida aniqlanadigan qoidabuzarliklar turkumiga kiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarning yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 8 bandida “Qoidalar buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab aynan sodir etgan qoidalar buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘radi” deb qayd etilgan bo‘lib, YPX inspektori ham haydovchiga qoidabuzarligi vizual kuzatuv natijasida aniqlanganligi tushuntirib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, YPX inspektorining ushbu haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish va mazkur kodeksining 291-moddasiga asosan huquqbuzarlik bartaraf etilgunga qadar transport vositasini ushlab turish uchun jarima maydonchasiga joylashtirish bilan bog‘liq xatti-harakatlarida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish holatlari aniqlanmadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech