2 Iyun 2020 yil 830

Rasmiy munosabat: YouTube videoxostingidagi “Jamoatchilik nazorati” kanalida eʼlon qilingan “Xorazm viloyatidagi nohaqliklar haqida advokat bilan suhbat” nomi ostida eʼlon qilingan videomurojaat yuzasidan

2020 yil 30 may kuni YouTube videoxostingidagi “Jamoatchilik nazorati” kanalida “Xorazm viloyatidagi nohaqliklar haqida advokat bilan suhbat” nomi ostida eʼlon qilingan videomurojaatda, Xorazm viloyati Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhining katta tergovchisi ish yurituvida fuqaro A.Nurjanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi yuzasidan shikoyatlar bildirilganligi sababli, ushbu murojaatda keltirilgan vajlarga huquqiy baho berish maqsadida Xorazm viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini maʼlum qilamiz.

Xizmat tekshiruvi va jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ravishda maʼlumot beriladi.

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi

Text to speech