Saf ko‘rigi xodimlarning orasta va xushbichim bo‘lishini taʼminlaydi
Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlashga yurtimizda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Albatta ko‘cha va jamoat joylarida xavfsizlikni taʼminlash orqali bayram tantanalarini tinch va osuda o‘tkazish borasida ichki ishlar organlari xodimlari ham sadoqat bilan xizmat olib bormoqdalar.
Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida o‘tkazilgan navbatdagi saf ko‘rigida aynan xodimlarning bayram kunlarida o‘z xizmat vazifasini olib borishda xizmat kiyimlarini orasta va belgilangan tartibda kiyishlari, qolaversa xushbichim ko‘rinishga ega bo‘lishlariga aloxida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari asosida o‘tkazilgan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida barcha xodimlar faol ishtirok etdi.
Saf ko‘rigi yakunida xodimlarga o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida fuqarolarning huquq va erkinlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘liq taʼminlash lozimligi yuzasidan qo‘shimcha ravishda yo‘riqnomalar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati