15 Yanvar 2021 yil 764

Sarhisob: Fidoyi xodimlar eʼtirof etildi

Ayni kunlarda barcha sohalarda 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, galdagi ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va Ekspert-kriminalistika bo‘limi tomonidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik A.X.Po‘latov raislik qildi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan har bir tergovchi, surishtiruvchi va ekspert-kriminalistlarning 2020 yildagi faoliyati alohida sarhisob qilindi.

Bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan turli intizomiy taʼsir choralari ko‘rildi.

Shu bilan birgalikda, xizmat vazifalarini bajarishga sidqidildan yondashib kelayotgan bir guruh xodimlarga xizmat foydalanish uchun ofis texnikalari berildi va “Tashakkurnoma” eʼlon qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i O.Rajabovga navbatdagi “mayor” maxsus unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech