28 Avgust 2020 yil 878

SEOM rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqan shu kunlarda sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlaridan o‘z xizmat vazifalariga yana-da masʼuliyat bilan yondashish talab etiladi.

Urganch shahar SEOM rahbari, Z.Q. esa o‘ziga bildirilgan ishonchni suiisteʼmol qilib, xizmat vakolatidan foydalangan holda noqonuniy ravishda shaxsiy boylik orttirish rejasini tuzdi.

Qassobchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bo‘lgan, Urganch tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan tekshirilmasligini taʼminlab berishni vaʼda qilib, firibgarlik yo‘li bilan 300 000 so‘m talab qilgan, Z.Q. joriy yilning 25 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech