2 Sentyabr 2020 yil 830

Shovot tumanida fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi

Uzoq yillar davomida mamlakatimizda yashab, rasmiy ravishda fuqarolikka ega bo‘lolmagan qanchadan-qancha shaxslarga davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizning teng huquqli fuqarosi maqomi berilayotganligi nafaqat mamlakatimiz miqiyosida, shu bilan birgalikda xalqaro hamjamiyat tomonidan ham demokratik prinsiplarning ifodasi sifatida yuksak eʼtirof etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining navbatdagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan bir guruh yurtdoshlarimizga eng ulug‘, eng aziz bayram - Mustaqillik kuni arafasida fuqarolik pasportlari  topshirildi.

Jumladan, Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limida (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) bo‘lib o‘tgan tadbirda tumanda yashovchi 8 nafar shaxsga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Shovot tumani IIB rahbariyatining shaxsan o‘zidan fuqarolik pasporti va bayramona guldastani qabul qilib olgan yurtdoshlarimiz, o‘zlarini chinakam Vatan himoyasida ekanliklarini aytib o‘tishdi.

25 yildan buyon to‘laqonli fuqarolikka erishish ilinjida yashagan ushbu yurtdoshlarimizning cheksiz hayojon va quvonchlari bilan tantanali tadbir unutilmas onlarga boy bo‘ldi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech