“Sog‘lom va barkamol oila”: Gurlan tumanida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvi bo‘lib o‘tdi
Respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarini o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Turizm va sport vazirliklarining qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatining 3-sektorlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Joriy yilning 11 dekabr kuni Gurlan tumanida bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvida 3-sektor tarkibiga kiruvchi mahallalarda istiqomat qiluvchi barcha oilalar faol ishtirok qildilar.
Sportsevar oilalar sportning “Stol tennisi”, “Quvnoq startlar”, “Shashka”, “Shaxmat” va “Badminton” turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashgan bo‘lsalar, kitobxon oilalar “Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bellashdilar.
“Sog‘lom va barkamol avlod” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirilib, Ichki ishlar vaziri sovrini uchun bo‘lib o‘tayotgan mazkur sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati