1 Noyabr 2022 yil 612

Soha fidoyilari: Bog‘ot tumani IIB EKG katta eksperti, mayor Toyirov Abror Zaripboyevich    

Toyirov Abror Zaripboyevich 1984 yilda Yangiariq tumanidagi Kattabog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. 2007 yil Urganch Davlat universitetining kimyo-texnologiyasi fakultetini tamomlagan. 2012 yil Bog‘ot tumani IIB HPB profilaktika inspektori lavozimida xizmat faoliyatini boshlagan. 2017 yildan buyon Bog‘ot tumani IIB EKG katta eksperti vazifasida xizmat qilmoqda.

Mayor Abror Toyirov joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 158 marotaba tergov harakatlarida, 494 marotaba tezkor-qidiruv tadbirlarida ishtirok etgan. Shuningdek, 105 marotaba hodisa joyini ko‘zdan kechirib, 23 ta ekspert-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 71 ta qo‘l-barmoq izlarini aniqlab, 3 ta jinoyatning “issiq iz”da fosh etilishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

Lavhamiz qaxramoni zimmasiga yuklatilgan vazifaga masʼuliyat bilan yondoshib, tuman hududida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. U jamoat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq iz”da fosh etishdagi faol ishtiroki uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.

Mayor Abror Toyirov “25 oktyabr-ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlashdek sharafli kasbda sidqidildan xizmat qilayotgan bunday jonkuyar xodimlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

 

                                                                      Xudoybergan JABBOROV,

                                                                             “Postda” muxbiri.

Text to speech