Soha fidoyilari: Xiva tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant Sevara Xudayberganova faoliyatiga nazar
Xiva tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant Sevara Xudayberganova qisqa davrda tumanda yashovchi xotin-qizlarning biriga opa, biriga singil yana biriga dugona bo‘lib qoldi.
Katta leytenant S.Xudayberganova tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning o‘rinbosarlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Shu bois, oilalarda paydo bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi kelishmovchilik ishtirokchisi bo‘lgan xotin-qizlar dastlabki jarayondayoq mahalla faollari, kayvoni onaxonlarni jalb qilgan holda murosaga keltiriladi.
Albatta, hamma ham birdek murosaga kelmasligi tabiiy, bunday holatlarda esa katta leytenant S.Xudayberganova jabr ko‘rgan xotin-qizlarni huquqiy himoya qilishga kirishadi, 2021 yil davomida tayziq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 203 nafar xotin-qizlarga “Himoya orderi” berilgan bo‘lsa, 2022 yilning o‘tgan davri maboynida 24 nafar xotin-qizlar himoyaga olindi.
Tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida ham katta leytenant S.Xudayberganova fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda.
U xotin-qizlarni doimiy ishga joylashtirgach ham yaqin aloqada bo‘lib, ularni ijtimoiy hayotga to‘liq moslashib ketishlarida doimiy maslahatlar berib boradi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning asosini tashkil qiladi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmat