“Sog‘lom hayot” maxsus profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarni ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishlari uchun aholi, ayniqsa, yoshlar orasida axloq va sog‘liq doirasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, orttirilgan immunitet virusi infeksiyalari tarqalishining oldini olish va ushbu kasallikni yuqtirishga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan “Sog‘lom hayot” maxsus profilaktik tadbiri start oldi.
Xususan, tadbir doirasida 2 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talaba-yoshlari bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV masʼul xodimi mayor D.Sotimov, Xorazm viloyati IIB xodimlari mayor Sh.Xaitov va mayor X.Saidovlar hamda OITS Markazi bosh shifokor o‘rinbosari O.Ochilov, tyutorlar va oliygoh talabalari ishtirok etishdi.
Targ‘ibot uchrashuvi davomida OIV infeksiyasi kasalligining og‘ir oqibatlari tasvirlangan “OITSga qarshimiz” nomli hujjatli film namoyish etildi. Talabalarga ushbu infeksiyaning qanday yo‘llar orqali yuqushi, kasallanishning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar ham berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati