2 May 2022 yil 512

Talabalar ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Xususan, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ish bilan taʼminlash hamda zarur sharoitlarni yaratib berish, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida bugungi kunda joylarda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar o‘z samarasini berib kelmoqda.

Joriy yil 29 aprel kuni Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan Urganch davlat universitetida tashkil etilgan davra suhbati ham aynan shu masalaga qaratildi.

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Talabalarga huquqiy tavsiyalar" mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda UrDU profilaktika inspektorlari mayor M.Ximmatova va leytenant D.Sapayevlar ishtirok etib, mavzu doirasida maʼruza qildilar. Talabalarga tushuntirish va tavsiyalar berdilar. Uchrashuv erkin muloqot shaklida o‘tib, talabalar o‘z savollariga mutasaddilardan javoblar oldilar. 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech