30 Yanvar 2021 yil 640

Talabalar ishtirokida maʼrifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi masʼul xodimlari tizim shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilinishi taʼminlash bilan cheklanib qolmasdan, taʼlim muassasalarida ham maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishdagi turli tadbirlar va uchrashuvlarni o‘tkazib kelmoqdalar.

Jumladan, joriy yil 29 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi masʼul xodimlari mayor Yu.Hamdamova va kapitan A.Nurullayevlar Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida bo‘lib,  talablar bilan “Qurolli kuchlar – buyuk kelajak kafolati” va “Hushyorlik va osudalik mezoni” mavzularida maʼrifiy uchrashuv o‘tkazdilar.

Erkin savol-javob tarzida tashkil etilgan mazkur maʼrifiy uchrashuv davomida viloyatimizda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari va jamoatchilik hamkorligida olib borilayotgan chora-tadbirlarning bugungi samarasi ham tahlil etildi.

Xususan “Fidoyi yoshlar” guruhlari tarkibida faol ishtirok etayotgan talabalarga minnatdorchilik bildirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech