19 Iyun 2023 yil 1841

TANLOV E’LON QILADI

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

 

TANLOV E’LON QILADI

Investor va qurilish tashkilotlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi
PQ-4343-son qaroriga muvofiq, Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini zamonaviy arzon uy-joylar bilan ta’minlash hisobidan ularni rag‘batlantirish  hamda ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan 2023-yil 22-may kuni Xorazm viloyatida o‘tkazilgan 98-sonli sayyor majlis bayonining 22-bandi talablarini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar uchun ko‘p qavatli turar joylar qurish va mazkur turar joydagi kvartiralarni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida quruvchi investor hamda qurilish tashkilotlar hamkorlikka taklif etiladi.

Xorazm viloyati IIB ga qarashli Urganch shahar, I.Karimov ko‘chasi, 110-uy manzilida joylashgan “Sport markazi” hududining bo‘sh turgan umumiy maydoni 3670 m2 qismida ko‘p qavatli turar joy qurilishi bo‘yicha investor yoki qurilish tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlar to‘plami taqdim etilishi hamda qo‘yilgan talablar bajarilishi zarur:

  1. Investor yoki qurilish tashkilotining ustavi, guvohnomasi va reytingi me’yor talablariga to‘g‘ri kelishi;
  2. Investor yoki qurilish tashkilotining faoliyati haqida ma’lumot
    (3 yildan ortiq ishlagan bo‘lishi kerak);
  3. Xizmat ko‘rsatuvchi bankning Investor yoki qurilish tashkiloti to‘g‘risida hamda soliq boshqarmasidan ma’lumotnomalar;
  4. Investor yoki qurilish tashkilotining moddiy-texnik bazasi to‘g‘risida ma’lumot.
  5. Qurilishi rejalashtirilgan hududga loyiha taklifi (bosh reja, fasad, barcha qavatlar rejasi, 3D ko‘rinishi, xodimlarga takli fqilinadigan kvartiralarning maydoni qaror talablariga asosan 2 xonali kamida 80 kv.m., 3 xonali kamida 100 kv.m., 4 xonali kamida 120 kv.m. bo‘lishi zarur);
  6. Qurilish ishlarini olib borish, qurilish muddatlari va qurilish shartlari ko‘rsatilgan tasdiqlangan tarmoq rejasi;
  7. Tanlov ishtirokchilarida ish (xizmat) larni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari, mutaxassislarning mavjudligi, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati va vakolatlariga ega bo‘lish shartligi hamda korxona tanlov ob’ektiga o‘xshash ob’ektlarda ishlaganlik tajribasi mavjudligi;

8.Qayta tashkil etilish (bo‘linish, qo‘shilish), tugatish yoki bankrotlik arafasida turgan, mol-mulki musodara qilingan, muassislik kelishuv, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjud bo‘lgan tashkilotlarga tanlov jarayonlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

9.Qurilayotgan ko‘p qavatli turar joyning xonadonlari “tayyor holda topshirish” shartlari:

-xonadonlarning ichki va tashqi eshiklari me’yorda belgilangan talablar asosida o‘rnatilishi;

-xonadonlarning har biriga alohida zamonaviy isitish qozoni va radiatorlar o‘rnatilishi;

-oshxona, yo‘lak (koridor) va yashash xonalarining pol qismi laminat, devorlari to‘liq ta’mirlanib rang berilishi va shiftiga osma lyustralar o‘rnatilishi;

-yuvinish xonasi hamda hojatxona cho‘milish vannasi, unitaz, suv isitish moslamasi (ariston), qo‘l yuvish rakovinasi bilan to‘liq jihozlanishi hamda devorlari va pol qismi kafel bilan to‘liq qoplanishi;

-oshxonaga gaz plita va idish yuvish qo‘l yuvish rakovinasi bilan ta’minlanishi;

-har bir kvartira alohida elektr, gaz va suv hisoblagichlar bilan jihozlanishi shart.  

10.Qurilayotgan turar joy yer maydonidagi kerakli qurilma  va inshootni boshqa joyga ko‘chirish hamda “Sport markazi” bilan turar joy oralig‘iga devor qurilishi (oralidagi devor uzunligi 136 metr) o‘z hisobidan amalga oshiriladi.

11.Ko‘p qavatli turar joydagi barcha turar va noturar joylarning foydali maydonining kamida 50 foiz qismi hisoblangan holda Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar uchun xonadon sifatida imtiyozli tarzda arzon narxlarda ajratilishi belgilanadi.

12.Investor yoki qurilish tashkilotlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan talablardan tashqari qo‘shimcha takliflar (imtiyozlar) kiritilishi mumkin.

Mazkur shartlar bo‘yicha hamkorlik qilish istagida bo‘lgan investor yoki qurilish tashkilotlari o‘z takliflarini (paket shaklida) 2023-yil 5-iyul kuni coat 18:00ga qadar Xorazm viloyati, Urganch shahar Y.Bobojonov ko‘chasi, 14-uyda joylashgan viloyat IIBga taqdim etishi mumkin.

Tanlov mazkur manzilda 2023-yil 7-iyul kuni o‘tkaziladi (tanlov – eng yaxshi taklif shaklida olib boriladi)Ma’lumot uchun tel: 62-220-40-55.

 

Xorazm viloyati IIB

Text to speech