18 Avgust 2021 yil 68

TANLOVGA MARHAMAT

XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARINING OFITSERLIK LAVOZIMLARIGA NOMZODLAR TANLOVINI E'LON QILADI

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati tomonidan ichki ishlar organlarining ofitserlik lavozimlariga viloyatimizda yashovchi, oliy ma'lumotga ega fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Tanlovda bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va bo‘yi 160 (bir yuz oltmish) santimetrdan past bo‘lmagan ayollar, yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, oliy ma'lumotga ega bo‘lgan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan (erkaklar uchun) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etadi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatiga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, harbiy guvohnoma, diplom va baholar ilovasini olib kelishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021 yil 19 avgust kunidan

29 avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

 

Manzil: Urganch shahar, A.German ko‘chasi, viloyat IIB sport majmuasi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech