18 Dekabr 2021 yil 939

“TANLOVGA MARHAMAT”

XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

 

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotga ega  O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Tanlovda bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar hamda 160 (bir yuz oltmish) santimetrdan past bo‘lmagan ayollar  yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo’lgan fuqarolar, IIV akademik litseyi va harbiy akademik litsey bitiruvchilari, Ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilar, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, shuningdek, o‘rta maktab va o’rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etadi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida o’qish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, shahodatnoma, diplom, umumiy o‘rta ta’lim maktab yoki litsey bitiruvchilari tahsil olayotgan ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma olib kelishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 20-dekabr kunidan
2022-yilning 15-fevral kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yhatiga kiritilmaydi.

 

Manzil: IIV Xorazm akademik litseyi

Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05

Text to speech