“TANLOVGA MARHAMAT”
XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASIDA “VOYAGA YETMAGANLAR MASALALARI BO‘YICHA INSPEKTOR-PSIXOLOG” LAVOZIMLARIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI
Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan ichki ishlar organlarining ofitserlik lavozimlariga viloyatimizda yashovchi, oliy (psixologiya, pedogogika va psixologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Tanlovda bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan hamda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttiz besh yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz besh yoshdagi ham, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan erkaklar ishtirok etadi.
Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati IIB Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, harbiy guvohnomasi, diplom va baholar ilovasini olib kelishlari shart.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 07-yanvar kunidan
17-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahar, Yo‘ldosh Bobojanov ko‘chasi, 14-uy. Tel: 62 220-41-58.