10 May 2022 yil 1494

“TANLOVGA MARHAMAT”

XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING SAFDORLIK LAVOZIMLARIGA NOMZODLAR TANLOVINI EʼLON QILADI

 

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalarining safdorlik lavozimlariga viloyatimizda yashovchi, idoraviy akademik litsey hamda harbiy-akademik litseylarini tamomlaganlar, profilaktika inspektori yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotli, yoki oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakllarida taʼlim olayotgan fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Tanlovda bo‘yi 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, o‘ttiz yoshdagi ham, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etadi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, harbiy guvohnoma, diplom va baholar ilovasi, tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakllaridan maʼlumotnoma olib kelishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2022 yil 10 may kunidan 10 iyun kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Urganch shahri, Yo‘ldosh Bobojonov ko‘chasi 14-uy.

Text to speech