Targ‘ibot tadbirlari “mahallabay” va “xonadonbay” tarzda amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi boshchiligida mutasaddi vazirlik, idoralarning xodimlaridan iborat Ishchi-guruhi tomonidan Xorazm viloyatida aholi o‘rtasida kibertahdidlardan himoyalanishga qaratilgan taʼsirchan targ‘ibot-tadbirlarini tashkil etish maqsadida mahallalarning har bir xonadonida “xonadonbay” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, bank plastik kartalaridan foydalanuvchi pensioner va ijtimoiy to‘lovlarni oluvchilar o‘rtasida elektron mablag‘ni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishning eng sodda usullarini tushuntirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashviqot tadbirlari o‘tkazilib, fuqarolarga maʼlumotlar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati