«TOURIST POLICE» talabalar nigohida
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini rivojlantirish hamda ichki ishlar organlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida «TOURIST POLICE» xodimlarining maxsus xizmat nimchalari kiygan talabalar Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, uning maqsad va vazifalari, kuch-vositalari hamda viloyatda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar tanishdilar.
Davra suhbati davomida talabalarga boshqarma xodimlari tomonidan asr vabosi hisoblangan giyohvandlikning salbiy va jinoiy oqibatlari to‘g‘risida tayyorlangan videolavhalar namoyish etilib, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashda faol bo‘lishga chaqirildi.
Tadbir yakunida talabalar “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasidagi sayohat davomida shu yerda xizmat olib borayotgan «TOURIST POLICE» xodimlari faoliyati bilan tanishib, xorijiy sayyohlar bilan bevosita muloqot qildilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati