TTA Urganch filialida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2022 yil 7 noyabr kuni TTA Urganch filialida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi F. Otajanova hamda filialning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor leytenanti Sh. O‘ktamovalar tomonidan tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyati IIB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan S. Xudoyberganova va Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB HPB katta inspektori N. Abdullayevalar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Maʼruzalar davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyati, Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosati haqida batafsil tushuntirishlar berilib, bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablarini, sog‘liqni saqlash muassasalari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarining hamda hududiy dasturlarning ijro etilishi holati, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilganligi, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish mexanizmlarining yaratilganligi, zo‘ravonlikdan aziyat chekkan xotin-qizlarga “Himoya orderi”ni berish va “Himoya orderi”ni olganlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati