29 Noyabr 2022 yil 400

Tuproqqalʼa tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yana-da oshirish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatildi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, ayni kunlarda viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni yana-da takomillashtirish va kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, yuqoridagi reja-topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar idoraviy nazorat tartibida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, ishchi guruh aʼzolari Tuproqqalʼa tumani IIB da bo‘lib, bo‘lim tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar batafsil o‘rganib chiqildi.

Ishchi guruh aʼzolari o‘rganishlar davomida asosiy eʼtiborni profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan umumiy, yakka, maxsus va viktimologik profilaktikani amalga oshirilishi va bu yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning to‘liq va to‘g‘riligiga qaratib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Shu bilan birgalikda ishchi guruh aʼzolari profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilishlarini ham yaqindan o‘rgandilar.

Maʼlumki, BMT Bosh assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, 25 noyabr - “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilingan. Respublikamizning barcha hududlarida 25 noyabrdan 10 dekabr - “Inson huquqlarini himoya qilish kuni”ga qadar “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan S.Xudayberganova raisligida Tuproqqalʼa tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar ishlab kelayotgan mehnat jamoalarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ham o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan hg‘imoya qilish, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ldi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech