Ularga havas qilishadi.
Halol mehnat, tinimsiz izlanish insonni baxtli hayot sari yetaklaydi. Uni nurli manzillarga eltadi. Lavhamiz qaxramonlari safdor Umidbek Matchanov hamda uning turmush o‘rtog‘i mayor Madina Himmatovalar ham hayotning anashunday beg‘ubor bo‘stoni sari dadil intilayotgan yoshlardan.
Ota kasbini davom ettirayotgan safdor Umidbek Matchanov mana olti yildirki ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib kelmoqda. U avval viloyat IIB huzuridagi qo‘riqlash, keyinchalik esa Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalarida samarali xizmat qildi. Ayni kunda u viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyoni ikkinchi otryadida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda.
Zimmasidagi vazifalarni bajarishga masʼuliyat bilan yondoshayotgan bu yigit xushmuomalaligi, kamtarligi, qatʼiy tartib-intizomga rioya etishi bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Xizmat vazifasini bajarishdagi xushyorligi tufayli ko‘plab jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga erishgan. Qolaversa, sodir etilgan jinoyatlari fosh etishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Safdor Umidbek Matchanovning erishgan natijalari boshqarma rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirilib borilmoqda.
Uning turmush o‘rtog‘i mayor Madina Himmatovaning ham ichki ishlar organlarida xizmat qilayotganiga 9 yildan oshdi. IIV Akademiyasini tamomlagan lavhamiz qaxramoni Urganch tumani IIB HPB Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi inspektori vazifasida xizmat faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Shovot tumani IIB Kadrlar guruhi katta inspektori, Urganch tumani IIB HPB XQMB katta inspektor vazifalarida samarali xizmat qildi. Ayni kunda u Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 1-IIB HPB profilaktika inspektori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Uning zimmasiga Urganch Davlat universiteti hududida jamoat tartibini saqlash, talabalarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, talabalar o‘rtasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdek masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan.
-Kasbini sevgan kishi har bir daqiqaning qadriga yetib, samarali natijalarga erishishga harakat qiladi,-deydi viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Dilnoza Bog‘ibekova.-Madina hamda Umidbeklar ham ana shunday ajoyib fazilatga ega bo‘lgan fidoyi xodimlarimizdan. Ular rahbariyat tomonidan berilgan har bir topshiriqni o‘z muddatida bajarib, jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishadi. Ularning hayotdagi yana bir yutug‘i oilani muqaddas, deb bilishidir. Natijada bu oila viloyatimizdagi eng namunali oilalardan biri sifatida eʼtirof etilgan.
Yurtimiz osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashishdagi fidoyi xizmati uchun mayor Madina Himmatova “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yillugi” esdalik ko‘krak nishoni, Ichki ishlar vazirining esdalik qo‘l soati, ota-onasiga “Tashakkurnoma” hamda pul mukofotlari bilan taqdirlangan.
Oilada er-xotinning istaklari, orzu-umidlari bir maqsadga yo‘naltirilsa, u qo‘rg‘on mustahkam bo‘lib, farzandlar komil inson bo‘lib voyaga yetadi. Lavhamiz qaxramonlari ham bir birlari bilan ahil-inoq yashab, oila mustahkamligiga, farzandlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratishmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.