Urganch shahrida fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi
Uzoq yillar davomida mamlakatimizda yashab, rasmiy ravishda fuqarolikka ega bo‘lolmagan qanchadan-qancha shaxslarga davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizning teng huquqli fuqarosi maqomi berilayotganligi nafaqat mamlakatimiz miqiyosida, shu bilan birgalikda xalqaro hamjamiyat tomonidan ham demokratik prinsiplarning ifodasi sifatida yuksak eʼtirof etilmoqda.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz Davlatimiz rahbarining navbatdagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Urganch shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) bo‘lib o‘tgan tadbirda shaharda yashovchi 6 nafar shaxsga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
Urganch shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘idan fuqarolik pasporti va bayramona guldastani qabul qilib olgan yurtdoshlarimiz, uzoq yillardan buyon bir tomoni kemtik bo‘lib kelgan ko‘ngillari endilikda to‘lganligini aytib o‘tishdi.
25 yildan buyon to‘laqonli fuqarolikka erishish ilinjida yashagan ushbu yurtdoshlarimizning cheksiz hayojon va quvonchlari bilan tantanali tadbir unutilmas onlarga boy bo‘ldi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati