12 Iyul 2023 yil 6295

Urganch tumanida “Damas” va “Kobalt” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlar qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, bunda asosiy eʼtibor, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza etish, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari hamda mol-mulkini, shuningdek atrof muhitni himoya qilishga qaratilgan.

Afsuski, yo‘l harakatining ayrim ishtirokchilari tomonidan “Yo‘l harakati qoidalari”ning qo‘pol tarzda buzilishi natijasida ko‘plab og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Xususan, joriy yilning 11 iyul kuni soat 19:25 larda 4R156 “Urganch-Xonqa” avtomobil yo‘lining Urganch tumanidan o‘tgan 5-kilometrida “Damas” va “Kobalt” avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etildi.

Bir nafar yurtdoshimizning 36 yoshida bevaqt halok bo‘lishiga va yana bir nafar yurtdoshimizning og‘ir tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aziz yurtdoshlar, unutmang yo‘l qoidalarni yoqtiradi, shunday ekan yo‘lga chiqdingizmi, albatta uning qoidalariga so‘zsiz rioya qiling.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech