“Urganch xalqaro aeroporti” MCHJda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muloqot bo‘lib o‘tdi
Xorazm viloyatida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga masʼul bo‘lgan idora va tashkilotlar mutasaddi vakillari tomonidan “Uzbekistan Airports” AJ ga qarashli “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ da xizmat qiluvchi xotin-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Xorazm viloyati IIB HPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mayor D.Bog‘ibekova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari va hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi.
Davra suhbati ishtirokchilari shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar.
Kelgusida bu kabi davra suhbatlarini barcha mehnat jamoalaridagi xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazish belgilab olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati