29 Yanvar 2022 yil 548

O‘rnatilgan cheklovlarga amal qilinishi probatsiya xizmati tomonidan muntazam o‘rganib borilmoqda

Ichki ishlar organlarining probatsiya xizmatlari zimmasiga sudlar tomonidan tayinlangan, ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishini taʼminlash yuklatilgan.

Bugungi kunda Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bo‘limi xodimlari sudlar tomonidan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini, xususan ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslarning o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilishlarini muntazam nazorat qilib kelmoqdalar.

Probatsiya xizmati xodimlari cheklov o‘rnatilgan shaxslarning kundalik turmush tarzini reja asosida o‘rganib boradilar.

Shu bilan birgalikda probatsiya xizmati xodimlari nazoratga olingan shaxslar bilan yakka, umumiy va maxsus profilaktik tadbirlarni ham olib borib, ularni sog‘lom turmush tarziga to‘liq qaytarishga alohida eʼtibor qaratishgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech